

Jurnalist Santi Auna ma'lumotlariga ko'ra, "Al Hilol" "Liverpul" hujumchisi vakillari bilan bog'langan. Xabarlarga ko'ra, Nunes Ar-Riyod klubiga o'tishga tayyor, ammo hozircha rasmiy taklif kelib tushmagan.
Avvalroq urugvaylikni "Atletiko" ham sotib olishga urinayotgani ma'lum bo'lgan edi.
Yakunlangan APL mavsumida Nunes 30 ta o'yin o'tkazib, 5 gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.



