

“Temiryo'lchilar” Saudiya Arabistonida “Al Hilol” mehmoni bo'lishadi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi ushbu uchrashuvida xizmat qiluvchi hakamlar guruhini e'lon qildi. Unga ko'ra, bahsni Ko Xyung Jin boshchiligidagi Janubiy Koreyadan bo'lgan hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Ushbu hakam bu yil o'zbek klublari ishtirokidagi bitta o'yinda ishlashga ulgurgandi. Ko Xyung Jin guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Al Nassr" - “Bunyodkor” uchrashuvida faoliyat olib borgandi
Osiyo Chempionlar ligasi-2016
17 may, seshanba
Ar-Riyod. “Qirol Fahd” stadioni. Soat 23:05 (Toshkent vaqti)
“Al Hilol” (Saudiya Arabistoni) - “Lokomotiv” (O'zbekiston)
Referi: Ko Xyung Jin
Referi assistenti 1: Bang Gi Yol
Referi assistenti 2: Park In Sun
To'rtinchi hakam: Kim Xi Gon (barchasi Janubiy Koreya)
Uchrashuv komissari: Mazin Ramazon (Livan)



