“Al-Hidd” bugun Toshkentga keladi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2017, 08:16
Kelayotgan seshanba, 31 yanvar kuni Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida katta futbol.

Yurtimizda 2017 yilgi futbol mavsumining ilk rasmiy uchrashuvi – OCHL o'tish bosqichida, “Nasaf” Baxraynning “Al-Hidd” jamoasini qabul qiladi.

Raqib Bahraynning “Al-Hidd” klubi rasmiylari va futbolchilari 28 yanvar kuni Toshkent shahriga tashrif buyurishadi. Klub delegaciyasini bag'riga olgan havo layneri, kech soat 17:40da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'nadi. “Al-Hidd” klubi delegaciyasi 11 nafar rasmiylar va 18 nafar futbolchilardan iborat.

Al-Hidd” jamoasining Toshkentga tashrif buyuradigan futbolchilari quyidagilardan iborat: Abbos Xamis,  Hamad  Albanki, Abdulla Baba Fatadi, Aliabdulla  Hasan, Efidayo Omasui (Nigeriya), Said Muhammad Husayn, Ibrohim Alabayidli, Axmad Ibrohim Alxattal, Iso Musabbih (s), Rashid Xalil Alxuti, Okarandut Orok (Nigeriya), Muhammad Aldovud (Iordaniya), Xolid Alshamhari, Ali Said Alshahobi, Muhammad Maki Ali, Uche Agba (Nigeriya), Muhammad Almulla, Axmad Bug'ammar.

Mehmonlar “Miran international”da istiqomat qilishadi. Mehmonlar delegaciyasini "Nasaf" rasmiylari aeroportda kutib olishadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv 31 yanvar seshanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 16:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz