

Bu mag'lubiyat, Al-Faysali klubini final yo'llanmasini qo'lga kiritishini og'irlashtirdi.
Kecha bo'lib o'tgan ushbu uchrashuvdan keyin matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Matbuot anjumanida kutilmagan voqea sodir bo'ldi. Jamoaga shu yilning sentyabr oyida murabbiy bo'lib kelgan xorvatiyalik mutaxasis Dragan Talajich, o'z iste'fosini e'lon qildi. Bu iste'fo klub rahbariyati tomonidan qabul qilindi.
Klub rasmiy saytida jamoaga kim murabbiylik qilishi haqida xabar berilgani yo'q.
Demak, Al-Faysali Qarshiga yangi murabbiy bilan tashrif buyurishi mumkin. Hozircha jamoaga kim murabbiylik qilishi rasman e'lon qilingani yo'q.




