"Al Duxail" "Milan" yetakchisiga taklif yubordi

19 may 2021, 17:59
Dohaning "Al Duxail" klubi "Milan" yarim himoyachisi Hoqon Chalxanogluni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Qatarliklar 27 yoshli turkiyalik futbolchiga 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma va 3 yil uchun 32 mln evro maosh taklif qildi, deya xabar tarqatdi "Sky Italia" nashri.

Avvalroq Chalxanoglu "rossonerilar" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisholmayotgani aytilgandi. Uning o'zi Yevropada qolishni istayapti.

Ma'lumot uchun, "Al Duxail" tarkibida ayni paytda nafar legioner bor: Medhi Benatia (Marokash), Ali Karimi (Eron), Edmilson Junior (Braziliya), Maykl Olunga (Keniya), Xan Kvan-Son (KXDR).

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Italia