"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Haqli ravishda g'alaba qozondik"

Xayrulla Xoliqov
29 yanv 2020, 13:11
Kecha bo'lib o'tgan "Al Ayn" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi OFK saytiga intervyu berdi.

Ma'lumki, Osiyo chempionlar ligasining hal qiluvchi pley-off bosqichida "Bunyodkor" safarda "Al Ayn" mehmoni bo'lib, kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Natijada amirlik futbolchilari OCHL guruh o'yinlariga yo'l olishdi. 

O'yindan keyin mezbon jamoa bosh murabbiyi Pedro Emanuel shunday dedi: 

- "Biz bahsni juda yaxshi o'tkazdik, futbolchilar butun o'yin davomida ehtiyotkorlikni yo'qotishmadi. Birinchi bo'limdayoq gol urishga harakat qildik, biroq vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa omadimiz keldi. Haqli ravishda g'alaba qozondik". 

- "O'ylaymanki, Osiyo chempionlar ligasi guruh bahslarida bizni yanada ko'proq muxlislar qo'llab-quvvatlashadi. Endi birinchi qadamni tashladik, sayohatning oxiri yaxshi yakun topadi deb umid qilamiz".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com