"Al Ayn" bosh murabbiyi: "Biz shokdamiz"

Xayrulla Xoliqov
20 fev 2020, 17:58
OCHL guruh bosqichida ishtirok etayotgan BAAning "Al Ayn" klubi dastlabki ikki turda imkoniyatni boy berdi.

OCHL pley-off bosqichida "Bunyodkor"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Al Ayn"ning dastlabki ikki turda omadi kelmadi. Jamoa 1-turda "Sepaxon"ga 0:4, ikkinchi turda "Al Nasr"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Bundan jamoa bosh murabbiyi Pedro Emanuel shok holatida ekanini aytib o'tdi: 

- "Ochig'ini aytsam, biz shokdamiz. Qanday qilib ikkita bellashuvda mag'lub bo'ldik, hayronman. Asosiy muammo shuncha vaziyat yaratib gol ura olmayapmiz. "Sepaxon" bilan umuman omad kelmadi. "Al Nasr"ga qarshi bahsda esa bitta gol kamlik qildi. Saudiyaliklar har o'yinda gol urishni eplay olishadi". 

- "Endi hamma gap keyingi bahslarni qanday o'tkazishimizga qoldi. Imkoniyat hali bor va bundan unumli foydalanishimiz kerak. Guruh peshqadami hisobida 4 ochko bor, harakat qilsak yetakchilarga yetib olamiz".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com