"Al Ahli" Qarshida iliq qarshi olindi (FOTO)

5 may 2015, 02:09
Bugun Qarshi shahridagi "Markaziy" o'yingohda OCHL 6-tur doirasidagi "Nasaf" - "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Al Ahli" klubi Qarshi shahriga 4 may kuni soat 14:00da uchib kelishi rejalashtirilgan edi. Biroq ma'lum sabablarga ko'ra reys qoldirilgandi. Jiddaliklar kecha soat 23:00da Qarshi xalqaro aeroportida qo'nishdi. "Nasaf" klubi vakillari jiddaliklarni iliq qarshi olishdi va ularga hurmat ko'rsatishdi.

"Al Ahli" klubi Qarshi shahridagi "Gissarneftgaz" mehmonxonasiga joylashishdi.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuvi bugun soat 20:30da "Markaziy" stadionda boshlanadi.



Manba: championat.asia