“Al-Ahli” - “Andijon” o'yinini iroqlik hakamlar boshqarishadi

Khoja
23 dek 2025, 10:46
OCHL 2 musobaqasining “B” guruhi, 6-tur doirasidagi “Al-Ahli (Qatar) - “Andijon” (O'zbekiston) o'rtasidagi o'yinni iroqlik hakamlar brigadasi boshqaradi.

Unga ko'ra, bosh hakam vazifasini Zaid Tamer Muhammad bajaradi. 

35 yoshli hakam joriy yilgi mavsumda Iroq yulduzlar ligasida 6 ta, OCHL Elit (“Al-Sadd” - “Sharja” - 1:1) va OCHL 2 da (“Tampines Rovers” - “Poxan” - 1:0) 1 tadan o'yinlarni boshqargan. Shuningdek, U23 Osiyo Kubogi saralashida (OAE - Eron - 2:3) ham 1 ta o'yinda hakamlik qildi. 

“Al-Ahli” - “Andijon”

Bosh hakam: Zaid Tamer Muhammad (Iroq)

Yordamchi hakamlar: Xaydar Abdulxassan Ali Ulbaydi, Amir Dovud Xusseyn Alvindavi (ikkisi ham Iroq) 

Zaxira hakami: Axmed Kadim Gatea Ristam (Iroq) 

Nazoratchi: Xidoyat Mombeni (Eron) 

Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston) 

Eslatib o'tamiz, “Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi 24-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @andijonpfc