"Aktobe" ukrain klubiga mag'lub bo'lgan bahsda Igor Sergeev...

Qozog'istonning “Aktobe” jamoasi Turkiya yig'ini doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Aqtebeliklarning raqibi Ukraina 1-ligasi vakili “Nikolaev” jamoasi bo'ldi.

Uchrashuv ukrainaliklarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.  Qozoq klubining yagona golga yaqinda jamoa tarkibiga borib qo'shilgan Igor Sergeev mualliflik qilgan. Hamyurtimiz uchrashuv mobaynida maydonda to'liq harakatlandi. U o'yin yakunida burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi.

“Aktobe” endi Qozog'istonga qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi. Klub mamlakat chempionatining 1-turini 13 mart kuni “Kaspiy” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Sergeev Qozog'istonni zabt eta oladimi?        


Manba: