Akmal Xolmatov va Koblash "Istiqlol" safida

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2016
Akmal Xolmatov keyingi mavsumni Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi safida boshlashi kutilmoqda.

Bugun "Bunyodkor" akademiyasi stadionida "Olmaliq" hamda Tojikistonning "Istiqlol" jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tkazildi.

"Neftchi" futbolchisi Akmal Xolmatov va o'z vaqtida "Nasaf" va "So'g'diyona" sharafini himoya qilgan Oleksandr Koblash bugun "Istiqlol" safida "Olmaliq"qa qarshi o'yinda maydonga tushishdi.

Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" o'tgan mavsumda OFK Kubogida finalgacha yetib borgan va hal qiluvchi o'yinda imkoniyatni berib qo'ygandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia