Akmal Tursunboev: “Jamoadoshlarim bilan g'alaba uchun harakat qilamiz”

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2016, 11:36
Ma'lumki ushbu haftada Oliy liganing 11-tur o'yinlariga start beriladi.

Bu turda “Metallurg” jamoasi o'z uyida “Andijon” jamoasini qabul qiladi. O'yin oldidan “Andijon ” jamoasi darvozaboni Akmal Tursunboevning fikrlari bilan qiziqdik.

- “Metallurg” juda yaxshi jamoa. Ayniqsa “Nasaf ”ga qarshi bahsdan keyin bunga amin bo'ldik. “Andijonda xam juda ajoyib jamoadoshlarim bor. “Sho'rtan"dan uchralgan  mag'lubiyatdan so'ng bizga ochko juda ham kerak.  Oson o'yin bo'lmaydi. Ammo jamoadoshlarim bilan g'alaba uchun harakat qilamiz.  Afsuski, Ibrohim Otaxonovning sariq kartochkalari soni 4taga etgani bois bo'lajak o'yinni o'tkazib yuboradi.  

- “Metallurg” jamoasiga qarshi uyinga qanday tayyorgarlik ko'rdingiz?
- Juda kuchli tayyorgarlik ko'rdik.  Kuchli mashg'ulotlar o'tkazdik. Bellashuvga jismonan va ruhan tayyormiz - deydi Tursunboev.
 

Dildora Xolboeva suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia