Akmal Shorahmedov: “G'alaba qozonib, mavqeimizni yaxshilab olishga harakat qilamiz”

Narzulla Saydullayev
16 apr 2016, 07:13
“Bunyodkor” – “Olmaliq” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” yetakchisi Akmal Shorahmedovning o'yinoldi fikrlari bilan qiziqdik.

- Chempionat startida deyarli barcha jamoalarning imkoniyatlarini teng degan bo'lardim. To'g'ri hozirgi paytda turnir jadvalidan kelib chiqqanda “Bunyodkor” va “Olmaliq” o'rtasida farq bor. Lekin “Olmaliq” jamoasini hurmat qilish kerak. Bu jamoa istalgan raqibga noqulaylik tug'dirishi mumkin. Shu boisdan ham ertangi bahsga jiddiy tayyorgarlik olib boryapmiz. G'alaba qozonib, turnir jadvalidagi holatimizni yanada yaxshilab olishga harakat qilamiz, - deydi Akmal Shorahmedov.

"Bunyodkor" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia