Akmal Mozgovoy qaysi klubga o'tadi? Agenti javob berdi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2022
Qarshining "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy legionerga aylanishi mumkin.

O'zbekiston terma jamoasi a'zosiga Rossiya klubidan jiddiy qiziqish bor, o'zimizning klublar Mozgovoy borasida taklif bilan chiqishmagan. Bu haqda saytimizga futbolchining agenti ma'lum qildi.

Bundan tashqari "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shackix Mozgovoy o'ynaydigan joyda futbolchilar etarli ekani va bu transfer muhokama qilinmaganini ma'lum qildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia