

"Yoshligimdan beri shu jamoadaman. Bu yerda barchasi boshlangan, orzular va niyatlar. Bu juda og'ir va qiyin vaziyat, ammo men yangi sahifani ochishga qaror qildim. Hali xayrlashganim yo'q. Barchasi shu yerda boshlangan va barchasi shu yerda tugaydi. Men yana qaytib kelaman.
Yangi jamoam nomi tez orada e'lon qilinadi. Bugungi o'yin juda og'ir o'tdi. "Dinamo" ancha yaxshi o'ynadi. Biz oxirigacha harakat qildik va yutqazmadik.
Xayrlashish sal og'irroq kechdi, sababi yoshligimdan beri o'ynab kelayotgan jamoam. Ikkinchi davra "Nasaf" uchun yaxshi kechishini tilab qolaman", – deya fikr bildirdi Akmal Mozgovoy mikst-hududda.



