Akinfeev Vladimir Fedotovning rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2014
Darvozabon Igor Akinfeev SSKAda o'yin o'tkazish borasidagi rekordni takrorladi.
Rossiya chempionatining 17-turidan o'rin olgan Kubanga qarshi o'yin (1:0) Akinfeev uchun armiyachilar safidagi 426-o'yin bo'ldi.

Bu borada 28 yoshli darvozabon SSKAda 1960-1975 yillarda o'ynagan Vladimir Fedotovning natijasini takrorladi.

Oldinroq Akinfeev Rossiya chempionatida "quruq" o'yinlar bo'yicha rekord o'rnatgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru