Ajoyib! AQSHdagi holat barchani xayron qoldirdi

Mirjalol Normatov
19 okt 2018, 19:19
Ushbu haftada AQSHda asrlarga tatigulik ish bo'ldi.

"Sakramento Repablik" klubi o'z muxlislaridan biri Metyu Xarding saratonning og'ir formasi bilan kasallanganini bilib qoldi. Shundan keyin jamoa "Make-A-Wish" fondi bilan unga syurpriz qildi.

"Sakramento" 15 yoshli yigitcha bilan rasman shartnoma imzoladi va u klub tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. U jamoaning asosiy tarkib futbolchilari bilan mashg'ulotlarga qo'yildi.

Keyinchalik... Metyu "Las Vegas" jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. Unda "Sakramento" 1:0 hisobida g'alaba qozondi va yagona golni Metyu Xarding kiritdi. Shu orqali u ligada haftaning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal