Ahmedovning ahvoli yaxshi, "Krasnodar" braziliyaliklar bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2015, 16:14
"Viktoriya" bilan o'yinda boshidan jarohat olib maydonni erta tark etgan Odil Ahmedov hozirda o'zini yaxshi his qilyapti.
"Hozir hammasi yaxshi. O'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Keyingi o'yinlarga qadar tiklanib olaman. Endi ortga qaytamiz va Turkiyaga yo'l olamiz, undan keyin chempionat ham boshlanadi", - deydi Odil Ahmedov.

"Krasnodar" esa kecha Braziliyaning "Atletiko Paranaense" jamoasi bilan durang natijani qayd etdi.

"Krasnodar" (Rossiya)  "Atletiko Paranaense" (Braziliya)  2:2 (2:1)
Gollar
: Ari, 9 (1:0). Vanderson, 11 (2:0). Kleu, 23 (2:1). Kleu, 58 (2:2).
Krasnodar: Dikan (Kavlinov, 46), Petrov, Martynovich, Sigurdsson (Grankvist, 46), Joaozino, Gazinskiy (Lanin, 67), Shirokov, Maurisio Pereyra (Kaleshin, 67), Mamaev (Jigulev), Vanderson, Ari (Burmistrov, 67).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia