Ahmedovning agenti: "Odil "Anji"dan kyetmaydi"

Narzulla Saydullayev
16 avg 2013, 12:43
"Anji" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedovning agenti Ravshan Salimov "Chempionat.com"ga bergan intervyusida futbolchining kelajagi borasida to'xtalib o'tdi.
"Anji"dagi vaziyat o'zgarganidan so'ng Odilga Rossiya Premer-Ligasining bir qator klublaridan va Osiyoning yetakchi klublaridan takliflar kelib tushdi. Ammo futbolchi klub xo'jayini Suleyman Kerimov va uning qarorini xurmat qilgan holda "Anji"da qolmoqchi. Vaziyatning o'zgarishi "Anji" yuqori o'rinlar uchun kurashmaydi degani emas. Ahmedov esa har bir o'yinda bor kuchi bilan o'ynab, klub muxlislari xursand bo'lishlariga harakat qiladi.

Futbolchi sifatida Odil Ahmedov Rossiyada hozircha 60 foizga ochila oldi holos. Ayni holat Ahmedovga klubda yetakchilikni olish va o'zining boshqa tomonlarini ochilishiga sabab bo'lishi mumkin", deydi Salimov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com