Ahmedov, Shackix, Qosimov... Yevropa Ligasida o'ynagan va o'ynashi kutilayotgan o'zbek futbolchilari

Eldor Akmurzayev
27 avg 2020, 18:00
Bir necha hafta oldin Yevropa Chempionlar Ligasi (Chempionlar Kubogi)da o'ynagan O'zbekiston vakillarini eslab o'tgandik.

Bu safar esa Yevropa Ligasi (eski nomi UEFA Kubogi)da maydonga tushgan o'zbekistonliklarni yodga olamiz.

Qayd etish joiz, joriy mavsum mazkur musobaqada ishtirok etgan vakillarimiz soni yana 4 nafarga oshishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, turnir 1971-2009 yillar davomida UEFA Kubogi deya nomlangan bo'lsa, 2009 yildan boshlab yangi format bilan Yevropa Ligasi deb atala boshlangan.

Gennadiy Denisov – “Spartak” (Vladikavkaz) safida

UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) final bosqichi – 2 ta o'yin

Mirjalol Qosimov – “Spartak” (Alaniya) safida

UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) final bosqichi – 2 ta o'yin, 1 ta gol (“Liverpul”ga)

Jafar Irismetov – “FK Alma-Ata” safida

UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) saralash bosqichi – 2 ta o'yin, 1 ta gol (“ViOn Zlate-Moravce”)

Viktor Karpenko – “Qayrat” safida

UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) saralash bosqichi – 2 ta o'yin, 1 ta assist (“Fexervar”)

Davron Fayziev – SSKA safida

UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) final bosqichi – 1 ta o'yin

Maksim Shackix – “Dinamo K” va “Arsenal” (Kiev) safida

UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) final bosqichi – 4 ta o'yin

Yevropa Ligasi saralash bosqichi – 2 ta o'yin, 2 ta assist (“NSH Mura”)

Vladimir Shishelov – “Zimbru Kishinyov” (Moldova) safida

UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) final bosqichi – 4 ta o'yin, 1 ta gol (“Aris Saloniki”)

Ulug'bek Baqoev – “Tobol” (Kostanay) safida

UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) saralash bosqichi – 9 ta o'yin, 1 ta gol, 1 ta assist (ikkalasi “Levski Sofiya” bilan o'yinda)

Aleksandr Geynrix – “Ordabasi” (Shimkent), “Aktobe” safida

Yevropa Ligasi saralash bosqichi – 16 ta o'yin, 3 ta gol (“Milsami Orgeev”, “Chukarichki”, “Dinamo K"), 5 ta assist (“Dinamo K”, “Milsami Orgeev”, “Breydablik”, “Xyodd”)

Marat Bikmaev – “Spartak” (Vladikavkaz), “Aktobe”, “Krilya Sovetov” safida

UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) saralash bosqichi – 11 ta o'yin, 3 ta gol (“Aktobe”, “Torpedo Kutaisi”)

Vitaliy Denisov – “Dnepr”, “Lokomotiv” (Moskva) safida
UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) final bosqichi – 17 ta o'yin
UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) saralash bosqichi – 8 ta o'yin

Vagiz Galiulin – “Rubin” safida

Yevropa Ligasi saralash bosqichi – 1 ta o'yin, 1 ta assist (“Yagodina”)

Bahodir Nasimov – “Keshlya” safida

Yevropa Ligasi saralash bosqichi – 1 ta o'yin

Odil Ahmedov – “Anji”, “Krasnodar” safida

Yevropa Ligasi final bosqichi – 34 ta o'yin, 2 ta gol (“Yang Boyz”, “Gannover”), 7 ta assist (“Tromsyo IL”, “Lill”), “Everton”, “Volfsburg”, “Gabala”, PAOK)

Yevropa Ligasi saralash bosqichi – 13 ta o'yin, 1 ta gol (“Dioshdyor”), 3 ta pas (“Slovan”, “Kalev Sillamyae”)

Sanjar Tursunov – “Vorskla” safida

Yevropa Ligasi saralash bosqichi – 2 ta o'yin, 1 ta gol (“Jilina”)

Timur Kapadze – “Aktobe” safida

Yevropa Ligasi saralash bosqichi – 14 ta o'yin, 3 ta gol (“Milsami Orgeev”, “Gandzasar”)

Kamoliddin Murzoev – “Shaxtyor” (Qarag'anda), “Irtish” (Pavlodar) safida

Yevropa Ligasi saralash bosqichi – 9 ta o'yin, 1 ta gol (“Levski Sofiya”), 1 ta assist (“Atlantas”)

Shavkat Salomov – “Shaxtyor” (Qarag'anda) safida

Yevropa Ligasi saralash bosqichi – 2 ta o'yin

Oleg Pashinin – “Lokomotiv” safida

UEFA Kubogi (Yevropa Ligasi) final bosqichi – 14 o'yin

Vladimir Maminov – “Lokomotiv” safida

Yevropa Ligasi final bosqichi – 23 ta o'yin, 1 ta gol ("Mityulland")

Yevropa Ligasi saralash bosqichi – 2 ta o'yin, 1 ta assist (BATE)

Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar:

1. Ahmedov – 47

2. Denisov – 25

3. Maminov – 25


Eng ko'p gol urgan futbolchilar:

Ahmedov – 3

Geynrix – 3

Bikmaev – 3

Kapadze – 3


Eng ko'p pas bergan futbolchilar:

1. Ahmedov – 10

2. Geynrix – 3

3. Shackix – 2

YEVROPA LIGASI 2020/21 YILGI MAVSUM

Shoxrux Gadoev – bugun, "Keshlya" safida musobaqada debyut qilishi mumkin. Gadoev o'ynayotgan jamoa ELning 1-saralash raundi doirasida Bokuda Albaniyaning "Lyachi" klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Jasurbek Yaxshiboev – u ham bugun musobaqadagi ilk o'yinini o'tkazishi kutilmoqda. "Shaxtyor" (Soligorsk) o'z maydonida Moldovaning "Sfintul" klubi bilan to'qnash keladi. Mazkur bahs 22:30 ga belgilangan.

Eldor Shomurodov – "Rostov" turnirni 3-saralash raundidan boshlaydi. Ushbu bosqichga 1 sentyabr kuni qur'a tashlanadi, bahslar esa 24 sentyabrga belgilangan.

Shohboz Umarov – agar u sentyabrda "Energetik-BGU"ni tark etib, BATEga o'tsa, u holda Umarov ham Yevropa Ligasida birinchi o'yinini o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. Hozircha esa u minskliklar a'zosi hisoblanadi. Darvoqe, BATE 2-saralash raundidan bahslarga kirishadi. Ushbu bosqichga esa 31 avgustda qur'a tashlanadi, bahslar 17 sentyabr bo'lib o'tadi.


Eldor Akmurzaev tayyorladi


YCHLda o'ynagan o'zbekistonliklarni yodga olamiz, Jaloliddinov navbatdagisi(mi?)

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia