

"Nasaf" legionerlarining gollari hozircha "ajdarlar"ga g'alabani taqdim qilib turibdi. E'tiborli jihati, Marko Stanoevich ham, Andriya Kaluderovich ham bugun OFK kubogida debyut gollarini urishdi.
Marko Bunga qadar turnirda 3 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Kaluderovich esa bugun OFK kubogidagi debyutini o'tkazmoqda. U bunga qadar OCHL bahslarida 12 bor maydonga tushib ("Beyjin Goan" (Xitoy) va "Brisben Roar" (Avstraliya) tarkibida), 2 ta gol urgan edi.




