Aguero “Man Siti” mashg'ulotlariga qachon qaytishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
12 noya 2020, 20:50
“Shaharliklar” forvardi Serxio Aguero APL doirasida 24 oktyabr kuni o'tgan “Vest Xem”ga (1:1) qarshi o'yinda jarohatlangandi.

Tashxis natijasida, uning oyoq paylari cho'zilgani ma'lum bo'lgan va u davolanish kurslarini o'tayotgandi.

“Daily Mail” manbasiga ko'ra, argentinalik hujumchi keyingi hafta jamoaviy mashg'ulotlarni boshlaydi.

Qayd etish joizki, Serxio 22 iyun kuni “Byornli” (5:0) bilan o'yinda tizzasini shikastlab olib, jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazgan hamda oktyabr o'rtalarida safga qaytgandi.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda atigi 2 ta o'yinda qatnashdi va samarali natija ko'rsatolmadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail