Aguero olti hafta maydonga tushmasligi mumkin

16 dek 2013, 12:55
“Manchester Siti” klubi hujumchisi Serxio Aguero, Angliya chempionatining 16-turidan o'rin olgan “Arsenal”ga qarshi o'yinda (6:3) jarohat oldi.

Klub haligacha futbolchining tashxis natijalarini kutmoqda. Agueroga o'zini tiklab olishi uchun olti hafta kerak bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda argentinalik futbolchi “Man Siti”ning to'purarlar ro'yxatini boshqarib turibdi. APLda esa 13 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatining ikkinchi o'rinida bormoqda.


Manba: sports.ru