Aguero Belgiyaga qarshi o'ynay oladi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2014, 22:31
Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero, JCH-2014 chorak finali doirasidagi Belgiyaga qarshi o'yinda ishtirok eta oladi.
Futbolchi allaqachon individual tarzda shug'ullanishni boshlab yubordi va shanba kungi bahsda maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Aguero Nigeriyaga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Dastlabki xulosalarga ko'ra u JCH-2014da boshqa o'ynamasligi kerak edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru