Aguero “Barselona”da qancha maosh olishi ma'lum. Bu “Siti”dagidan ancha kam

Eldor Akmurzayev
2 iyun 2021, 19:35
Serxio Agueroning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi shartlari ma'lum bo'ldi.

Mundo Deportivo manbasiga ko'ra, argentinalikning Kataloniya klubidagi maoshi 6 mln evro (soliqlarsiz) bo'ladi. Argentinalik “Barsa”ga o'tish uchun maoshini deyarli to'rt baravarga qisqarishiga rozi bo'ldi – “Man Siti”da 23 mln evro ishlab topardi.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli hujumchi “Siti” bilan bitimi tugagani tufayli erkin agentga aylandi va “Barselona” bilan 2023 yilgacha shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo