AGMK shtat jadvalini qayta ko'rib chiqishi kerak bo'ladi

Xayrulla Xoliqov
19 sen 2018, 17:27
AGMK futbol klubida bo'lib qaytgan Professional futbol ligasi ishchi guruhi shtat jadvalidagi bir qator kamchiliklarga e'tibor qaratdi.

Superliga ishtirokchisi bo'lgan jamoada shu vaqtga qadar texnik direktor faoliyat olib bormayapti. Jamoada shuningdek, tijoriy masalalar bilan shug'ullanuvchi mas'ul ham yo'q. PFL o'yinlar chiptasi, fan-klub bilan ishlash, tashqi reklama, homiylar bilan ishlash, bannerlarni joylashtirish kabi masalalarga jiddiy e'tibor qarayotgan bir paytda AGMK klubida yuqoridagi kabi ishlarga mas'ul xodimning o'zi yo'q. Biroq klub bazasiga kiraverishda AGMK klubi professional klub deb ko'rsatilgan. 

AGMK futzal jamoasi bir necha yildan buyon xalqaro maydonda ishtirok etadi. Shuningdek, klub Osiyo futbol konfederatsiyasi qo'ygan talablar bo'yicha yilda ikki marta licenziyalashdan o'tishi kerak. Demak, AGMK klubi kelasi mavsumdan e'tiboran xalqaro masalalar bilan ishlovchi xodimni ham ro'yxatdan o'tkazishi kerak bo'ladi.

AGMK klubida sayt admini o'rni ham tashkil etilishi shart. Matbuot kotibi vazifalari “Metallurg” borasidagi xulosada o'z ifodasini topgandi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: pfl.uz