AGMK noyabr oyiga qadar o'z akademiyasi borasida taklif kiritishi kerak

Aslanov Jasurbek
19 sen 2018, 18:27
AGMK futbol klubidagi eng asosiy masala futbol akademiyasi bilan bog'liq.

PFL rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, oktyabr oyida jamoa o'z akademiyasi aynan qaysi mavzeda qurilishi masalasi yuzasidan ish olib borilishi kerak. Shuningdek, 2019 yilgi klub smetasida akademiya harajatlari aniq ko'rsatib qo'yiladi. Akademiya to'liq ishga tushmaguniga qadar, smeta harajatlari akademiya qurish ishlariga yo'naltiriladi. 

Ayni vaqtda AGMKda turli yosh toifasida mashg'ulotlar olib borayotgan futbol maktabi mavjud. Maktab tarbiyalanuvchilari formalar, to'plar, inventarlar bilan taminlangan. PFL talab qilayotgan futbol akademiyasida esa 7 yosh toifasi - 11 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar to'p surishi kerak. Akademiya tarbiyalanuvchilariga biriktirilgan murabbiylar hamda akademiya uchun javobgar shaxs qanday licenziyaga ega bo'lishi borasidagi ma'lumot klub rahbariyatiga taqdim etildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz