AGMK legioneri klubdan ketganini e'lon qildi

Administrator
24 yanv 2023, 21:31
Alisher Jalilov olmaliqliklar safini tark etdi.

AGMK klubi legioneri Alisher Jalilov klubdan ketganini o'z Instagram sahifasida ma'lum qildi. 

"Xayrlashish payti keldi. Klub rahbariyatidan minnatdorman. Sababi, menga doim yordam qo'lini cho'zib kelgan klub direktori Bahodir Mirzaevning shaxsan o'zi qarorimni to'g'ri tushundi. Shu bilan birga, meni doim qo'llab-quvvatlab kelgan AGMK klubi muxlislaridan minnatdorman. AGMK jamoasiga esa kelajakdagi o'yinlarda omad!", -deb yozadi Alisher Jalilov.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia