AGMK kutilmaganda Dubayga uchib ketdi

Alisher
20 yanv 2022, 14:24
Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun AGMK jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini BAAning Dubay shahrida davom ettiradi.

Toshkentda 5 yanvar kuni to'plangan va 2 hafta davomida Toshkentdagi Tadjiev Start futbol maktabiga qarashli sun'iy qoplamali maydonda shug'ullangan jamoa tayyorgarlik rejasini uchinchi bosqichini xorijda o'tkazadi.

Deyarli ikki hafta (20 yanvar - 2 fevral) davomida BAAning Dubay shahrida yangi mavsumga qizg'in taraddud ko'radigan AGMK yig'in doirasida ikkita nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo'lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma'lumot beriladi.

O'quv-mashg'ulot yig'inida darvozabon Valijon Rahimov va tayanch yarim himoyachi Abdulla Abdullaev O'zbekiston milliy jamoasining Dubaydagi yig'inida ishtirok etayotgani bois qatnashmaydi.

AGMK Dubaydagi Jebel Ali sport kompleksiga qarashli mehmonxonaga joylashadi va bugun kunning ikkinchi yarmidan yig'inga kirishadi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar Olmaliq jamoa xorij yig'ini haqida ma'lumot bermagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати