AGMK jamoasi qisqa tatildan qaytdi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2021
Klub matbot xizmatiga ko'ra, jamoa yig'inga kirishgan.

"AGMK Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Chimyon tog' yonbag'rida joylashgan "Archazor"da yig'in o'tkazmoqda.

"Qo'qon-1912"ga qarshi kechgan o'yindan keyin futbolchilarga berilgan tatildan so'ng jamoa 9 iyul kunidan e'tiboran jismoniy holatini yanada yaxshilash uchun "Archazor"da to'planib, Superliganing ikkinchi davra o'yinlariga jiddiy hozirlik ko'rmoqda.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan bo'lib o'tmoqda", – deya xabar beradi AGMK matbuot xizmati. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати