

Koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda karantin davri o'talmoqda. Shu o'rinda yurtimizda ham karantin davri e'lon qilingan va futbolchilarimiz ijtimoiy mas'uliyatni to'liq anglagan holda uyda qolib, yakka tartibda uy sharoitida jismoniy mashqlarni bajarish bilan band.
Zafar Polvonov karantin davrida uyda yakka tartibda shug'ullanib turish barobarida kunni quyidagi tartibda o'tkazmoqda va siz aziz ishqibozlarga ham o'z qiziqishlari doirasidan kelib chiqib quyidagi kun tartibidagi menyuni tavsiya qiladi.

Muhimi, bunday mas'uliyatli pallada xotirjamlikni saqlagan holda uyda qoling va karantin davridagi qatiy rejimga amal qiling! Qo'lni esa avvalgidanda ko'proq yuvib turib, tozalik gigienasiga to'liq rioya qiling!
Qo'lni tez-tez yuvishni unutmang!
Dunyoda global muammoga aylangan Koronavirus pandemiyasi tufayli ayni damda karantin davri e'lon qilingan.
Barcha yurtdoshlarimiz, xususan jamoamiz muxlislari va Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolardan tozalikka rioya qilishlarini eslatib o'tamiz.
Qoronavirusdan saqlanish uchun avvalo karantinga amal qilib uyda o'tirish va qo'llarni tez-tez sovun bilan yaxshilab suvda yuvishning ahamiyati beqiyos. Bundan tashqari, spirtli dezinfekciya, yani antiseptiklardan foydalanish ham zarar qilmaydi. Zarurat tug'ilganda ko'chaga chiqayotganda esa niqob taqishni unutmang va yurganda hamda bozor yoki supermarketlarda savdo qilayotganda odamlar bilan o'zaro masofa saqlang!
Shu o'rinda ayni dam karantin davrida uyda qolib, lekin mashg'ulotlarni unutib qo'ymagan va uy sharoitida yakka tartibda jismoniy mashqlarni bajarayotgan AGMK futbolchilari kuniga o'rtacha qo'llarni necha marotaba yuvishayotgani haqida ma'lumot beramiz.
Avval hech uchramagan va e'tiborga olinmagan, ammo hozirgi kunda dolzarb bo'lib turgan masala, yani qo'llarni tez-tez yuvishga barcha e'tibor bilan qarayotgani rost.
Qiziq, avval futbolchilar kuniga o'rtacha necha marotaba qo'llarni yuvishgan va hozirda bu ko'rsatkich qanchalik o'sgan?
AGMKda bu borada yaqqol yetakchi va favorit jamoa sardori Akmal Shorahmedov bo'lib turibdi. Shorahmedov avval odatda kuniga o'rtacha 10 marotaba qo'lni yuvgan bo'lsa, bugungi kunga kelib bu ko'rsatkich deyarli 10 barobarga oshgani, yani kuniga o'rtacha 100 bor qo'llarini yuvayotganini bildirdi. Har qanday buyum yoki narsani ushlagach avtomatik ravishda qo'llarini sovunlab yuvishni odatga aylantirgani va uyda farzandlarini ham tozalik gigienasiga qatiy rioya qilishga chaqirayotganini ta'kidladi.
Qo'l yuvish: Kecha va bugun
Akmal Shorahmedov - 10/100
Zafar Polvonov - 7/15
Dilshod Jo'raev - 8/14
Bobur Yo'ldoshev - 8/15
Saydullo Toshpo'latov - 5/5
Sheroz Jalolov - 6/24
Valijon Raximov - 15/25
Roman Abdulov - 7/12
Murod Toshmatov - 8/16
Miraziz Mavlyanov - 6/12
Xojimat Erkinov - 9/15
Mirg'iyos Sulaymonov - 10/15

Siz-chi, avval va hozir kuniga o'rtacha qo'llaringizni necha marotaba sovunlab yuvishni odatga aylantirdingiz?
Unutmang, siz va yaqinlaringiz koronavirus tezroq barham topishida bevosita aloqadorsiz. Buning uchun uyda qoling va o'ta zarurat bo'lmasa ko'chaga chiqmang! Har qanday holatda tozalik gigienasiga rioya qiling va karantin rejimiga amal qilib, koronavirusga qarshi kurashda o'z xizmatingizni qo'shing!
Karantin rejimiga qanchalik mas'uliyat bilan va jiddiy amal qilinsa, siz sog'ingan futbol o'yinlari tezroq boshlanadi! Hammasi sizga bog'liq!
Xotirjam bo'ling va karantin qoidalariga amal qiling!
#Uydaqoling



