AGMK ertaga Dubayda “Shabab Al Ahli”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
31 yanv 2022, 08:50
BAAda yangi mavsumga tayergarlik doirasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan jamoamiz 1 fevral kuni o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Raqib Dubayning nomdor jamoasi - "Shabab Al Ahli". Ushbu jamoa bilan AGMK umumiy hisobda uchinchi marotaba to'qnash kelmoqda. O'tgan yili jamoalar OCHL guruh bosqichida o'zaro 2 bor kuch sinashishgan va unda bir martadan tomonlar g'alaba qozonishgandi.

Bu gal jamoalar o'rtoqlik maqomidagi o'yinda saf tortishadi. 

"Shabab Al Ahli" ayni paytda BAA chempionatida 3-o'rinni egallab turibdi.

O'yin 1 fevral kuni “Rashid stedium"da mahalliy vaqt bilan soat 16:15 da boshlanishi rejalashtirilgan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:15 da boshlanadi.

Darvozabonimiz Valijon Rahimov va universal futbolchi Abdulla Abdullaev O'zbekiston milliy jamoasi ixtiyorida yig'inda qatnashayotgani tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi.

Mazkur o'yindan so'ng AGMK jamoasi BAAdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, 2 fevral kuni Toshkentga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: АГМК клуби матбуот хизмати