Agent: "Xamesning kelajagi haqida "Real" prezidentidan so'rash kerak"

Alisher
30 iyul 2019
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning agenti hisoblangan Jorje Mendesh futbolchining kelajagi "qaymoqranglilar" prezidentiga bog'liqligini aytdi.

- Xamesning kelajagi? Siz bu haqida "Real" prezidentidan bilib olishingiz mumkin. U shundoqqina oldimda. Men esa klub va o'yinchi uchun eng yaxshi variant qidirishga harakat qilyapman, - deydi Xamesning agenti.

Xames so'nggi ikki mavsumni ijara asosida "Bavariya" tarkibida o'tkazdi.

U myunxenliklar tarkibida barcha musobaqalarda 67ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urishga erishgan.

Futbolchiga Madridning "Atletiko" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ammo, "qirollik klubi" prezidenti 3:7 hisobida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng shundoq ham kuchayib ketgan "Atletiko"ga uni sotishni istamayapti.


AlisherMuallif
Manba: Marca