Agent "Roma"ga Konoplyankaning xizmatlarini taklif qildi

28 avg 2019, 20:43
A Seriya a'zosi "Roma" klubiga "Shalke-04" yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyankani sotib olish bo'yicha taklif tushgan, deya xabar bermoqda AS Roma live.

 Ayni paytda ukrainalik yarim himoyachini maslahat bergan agent nomi oshkor qilinmagan.

"Shalke" jamoasi Konoplyankani 4 mln evroga qo'yib yuborishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.

29 yoshli Evgeniy 3 mavsumdan beri Germaniya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U Bundesligaga "Sevilya" jamoasidan o'tgandi. O'tgan mavsum xavbek 13 ta o'yinda 1 ta gol va 1 ta qizil kartochka qayd etdi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia