Agent: "Real" va Klopp o'rtasida muzokara bo'lmadi"

Aslanov Jasurbek
20 may 2015
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp agenti Mark Kosichke uning mijozi "Real" bilan aloqaga chiqib, "Qirollik klubi"ni boshqarishga rozi bo'lgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Ayni damda Klopp va "Real" o'rtasida muzokara bo'lgani yo'q. Ammo "Real" buyuk klubligi aniq" - deydi agent.

Klopp mavsum oxirida "Borussiya"ni tark etadi va uning o'rnini "Maync" sobiq ustozi Tomas Tuxel egallaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com