Agent: "Qatarning pullarini inobatga olsak, Messining PSJga o'tish imkoniyatlari yuqori"

Mirjalol Normatov
21 avg 2020, 01:00
Agent Vagner Ribeyro PSJ forvardi Neymar hamda "Barselona" sardori Leo Messining kelajagi haqida gapirdi.

"Neymar Parijda baxtli. U PSJ tarkibida kamida ikki mavsum o'ynaydi.

Hozirda Neymarning qaytishidan ko'ra, Messining PSJga o'tish imkoniyatlari yuqoriroq. Jiddiy gapiryapman. Qatarning pullarini inobatga olsak, PSJ Messiga katta maosh to'lay oladi", - dedi agent.

Eslatib o'tamiz, so'nggi haftalarda Messining "Barselona"dan ketish ehtimoli yuqori bo'lib turibdi. Unga "Inter" va "Manchester Siti" kabi klublar qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal