Peres "Real"ning Neymar bilan shartnoma imzolashini orzu qiladi

Alisher
28 okt 2020, 16:27
PSJ forvardi Neymarning "Santos"dan "Barselona"ga o'tishida ishlagan agent Vagner Ribeyro o'yinchining kelajagi haqida gapirdi.

"Neymar "Pari Sen-Jermen"da qoladi deb o'ylayman, sababi bozor o'zgardi. Futbol iqtisodiyoti boshqacha bo'ldi.

Men bir necha bor Madridga borganman, sababi Florentino Peres Neymar bilan shartnoma imzolamoqchi edi.

O'tgan yilning mayida men uning ofisida bo'lgan edim. U Neymar bilan shartnoma imzolash orzusi ekanligini aytgandi", - deydi Ribeyro.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal.com