Agent: "Milinkovich-Savich PSJga o'tmaydi"

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 18:45
"Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichning agenti Mateya Kejmanning so'zlariga ko'ra, uning mijozi yozgi transfer oynasida PSJga o'tmaydi.

"Yolg'on xabar tarqatishni bas qiling. Butun yoz shu haqida gapirishdi, ammo ishontirib aytaman, Sergey "Lacio"da qoladi" - deydi Kejman.

Oldinroq, Milinkovich-Savich PSJning asosiy transer maqsadlaridan biri ekanligi va transfer 130 mln evro evaziga amalga oshishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Lazio Siamo Noi