Agent: "Lautaro to'liq e'tiborini "Inter"ga qaratgan"

Sherzod Nurmatov
16 noya 2023, 18:18
Lautaro Martines "Inter" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Italiyaning "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martinesning agenti Alexandro Kamano mijozi bilan shartnoma borasidagi vaziyatni tushuntirib berdi.

"Menimcha, biz "Inter" bilan har ikki tomon uchun juda yaxshi shartlarda yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishamiz. U to'liq e'tiborini "Inter"ga qaratgan", – dedi Kamano.

26 yoshli Lautaro Martines joriy mavsum "Inter" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TV Play