Agent: "Ha, "Bolonya" uni RPLdan olib ketmoqchi edi"

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2024, 16:50
A2M agentligining asosichilaridan biri Aleksandr Markelov o'tgan yoz "Zenit" himoyachisi Danil Krugovoy Italiya chempionatiga yo'l olishi mumkin bo'lganini ma'lum qildi.

"Bizdan Krugovoy haqida ma'lumot so'rashdi. "Bolonya" klubi futbolchi transferiga qiziqish bildirgandi, men futbolchi agentiga qo'ng'iroq qilib, bu haqida yuzlangandim. Bu 2023 yil yoz fasli edi. Krugovoy va agent bu variantga qiziqish bildirgandi, lekin ish oxirigacha hal bo'lmay qoldi.

"Bolonya" qancha maosh berishi mumkin edi? 500 mingdan million evrogacha", - dedi Markelov.

Eslatib o'tamiz, keyinroq Krugovoy SSKA safiga borib qo'shilishga qaror qilgan va shu yilning yozida "armiyachilar" tarkibiga ko'chib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Ютубдаги "СБГ ШОУ" канали