Agarda "Liverpul" YCHLda yutadigan bo'lsa, "Sautgempton" katta foyda ko'radi

Mirjalol Normatov
4 may 2018, 15:50
Agarda "Liverpul" YCHL finalida g'alabaga erishadigan bo'lsa, "Sautgempton" hisobiga 10 mln funt o'tkazib beradi, deb xabar beradi "The Sun".

So'nggi yillarda "Liverpul" "Sautgempton"ning ko'plab futbolchilarini sotib oldi - Deyan Lovren, Virgil van Deyk, Sadio Mane, Nataniel Klayn va Adam Lallana. Barcha futbolchilarning shartnomasida "Liverpul"ning YCHLda g'olib bo'lsa, qandaydir bonuslar to'lanishi keltirib o'tilgan.

Umumiy hisoblaganda "Liverpul" "avliyolar"ga 10 mln funt to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun