Agar Ronaldu gol ursa...

Omonjon To`xtamirzayev
17 okt 2017, 17:42
Xabaringiz bor, bugun tunda Chempionlar Ligasi 3-tur doirasida Madridning "Real" klubi o'z maydonida Londonning "Tottenxem" jamoasini qabul qiladi.

"N" guruhi peshqadamligi uchun kechadigan bellashuvga har ikki klub jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. 

Har ikki jamoaning asosiy futbolchilari safda. Faqatgina himoyachi Dani Karvaxal ("Real") va yarim himoyachi Dele Alli ("Tottenxem") uchrashuvni o'tkazib yuborishga majburlar. 

Kuni-kecha mezbonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu La Liga o'yinlaridagi 1-golini urishga erishdi. Ammo Chempionlar Ligasida portugaliyalikning ishlari ancha yaxshi ketmoqda. YCHLda Krishtianu ikki o'yinda to'rtta gol urib ulgurdi.  

Ta'kidlab o'tamiz, Krishtianu Ronaldu gol urgan o'yinlarning 85%da "qaymoqranglilar" g'alaba nashidasini surganlar.  

Bundan tashqari, portugaliyalik "Qirollik klubi" safida turli musobaqalar doirasidagi 250 o'yinda gol urishga muvaffaq bo'lgan (412ta gol).




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta