Agar MYU Yevropa ligasida g'alaba qozonsa Delap "qizil iblislar"ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
21 may 2025
Liam Delapning "Manchester Yunayted"ga transferi Yevropa Ligasi finali natijasiga bog'liq bo'ladi.

ESPN xabariga ko'ra, "Ipsvich" hujumchisi agar mankunianlar charshanba kuni Yevropa Ligasi finalida "Tottenhem"ni mag'lub etsa, deyarli aniq "Manchester Yunayted"ga o'tadi, chunki turnirda g'alaba keyingi mavsumda Liga Chempionlarida ishtirok etish huquqini beradi.

Delapga "Chelsi" ham davogar – agar MYU Yevropa Ligasi finalida mag'lub bo'lsa, londonliklarning hujumchi uchun kurashida poziciyalari kuchayadi, chunki klub 2025/26 mavsumda Yevropa kuboklarida ishtirok etishni kafolatlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN