"Agar meni yutsang - 10 000 funt beraman"

Omonjon To`xtamirzayev
6 fev 2024
Mudrik "Chelsi" muxlisi bilan tortishib qoldi.

"Chelsi" yarim himoyachisi Mixa Mudrik ijtimoiy tarmoqlarda klubi muxlisi bilan tortishib qoldi.

APL 23-turida "Vulverxempton"ga imkoniyat boy berilgach, "aristokratlar" muxlisi quyidagicha izoh qoldirdi: "Senga nima balo bo'ldi? Futbol o'ynashni unutib qo'ydingmi? Balki birga-bir vaziyatlarda qanday harakat qilish bo'yicha bir nechta maxsus mashg'ulot olarsan. Har safar sen maydonga tushganingda, jamoamiz bitta o'yinchiga kam bo'lib qolmoqda".


Mudrik unga javob berdi: "Oldimga kel va biz 10 000 funt uchun birga-bir o'ynab ko'ramiz".

Muxlis ukrainalik futbolchi taklifini qabul qilmadi, ammo u gol urishni boshlaganida, Mudrikka shaxsan o'zi pul to'lab borishga tayyorligini yozib qoldirdi. Bu suhbat skrinini Mudrik o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida chop etdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sportmediaset.mediaset.it