

"Ularning sarf-xarajatlari qiziq. Lekin buni tushuntirib berolmayman. Agar bu raqamlarning barchasi haqiqat bo'lsa, juda hayratlanarli. Menimcha, "Chelsi" keyingi 10 yil davomida ham xuddi shuncha pul ishlatadi, deb bo'lmaydi. Balki bo'lishi mumkin. Kelajakda investiciyalar to'xtaydi, deb o'ylaganim yo'q.
Boshqa tomondan, men murabbiylik sifati va rivojlanishga, jamoa qurishga ishonaman – bu narsalardan 100 foiz foydalanish kerak. Agar siz yangi jamoa tuzsangiz, bu uni har yili yangilash kerak degani emas. Gap shundaki, o'yinchilarga oldinga qadam tashlashga imkon berish kerak. Bizda shunday futbolchilar bor.
Boshqa klublarning xarajatlari haqida qayg'urmaslik lozim. Biz bunday vaziyatlarga reakciya qilishimiz kerak, ammo boshqa jihatlar ham bor", – dedi Yurgen Klopp.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" o'tgan yozdan beri yangi o'yinchilar uchun bonuslarni hisobga olmaganda 400 million funtdan ortiq mablag' sarflagan.



