Afsonaviy Oliver Kan "Bavariya"ga qaytdi

Alisher
2 yanv 2020, 11:06
Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan "Bavariya" direktorlar kengashiga qo'shildi.

Qayd etish kerakki, Kan keyingi 5 yil davomida "Bavariya" direktorlar kengashida bo'ladi.

Oliver 2021 yilda esa bosh direktor lavozimini egallaydi.

Kan futbolchilik faoliyati davomida 1994-2008 yillarda "Bavariya" sharafini himoya qilgan.

Umuman olganda esa Bundesliganing eng nufuzli jamoasi tarkibida 400dan ortiq o'yinlarda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcbayern