Afrika kubogi-2023 ramziy terma jamoasi e'lon qilindi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2024, 19:40
Afrika millatlar kubogining ramziy terma jamoasi ma'lum bo'ldi.

Ramziy jamoa 4-3-3 sxemasida shakllantirilgan.

Darvozabon: Ronven Uilyams (JAR)

Himoyachilar: Uilyam Troost-Ekong, Ola Ayna (ikkalasi ham Nigeriya), Gisleyn Konan (KotdIvuar), Chansel Mbemba (Kongo DR)

Yarim himoyachilar: Teboxo Mokoena (JAR), Jan Seri, Frank Kese (ikkovi ham KotdIvuar)

Hujumchilar: Yoan Vissa (Kongo DR), Ademola Lukman (Nigeriya), Emilio Nsue (Ekvatorial Gvineya).

Eslatib o'tamiz, KotdIvuarda bo'lib o'tgan musobaqa finalida maydon egalari Nigeriyani mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia