
Mazkur futbol akademiyasining ochilish marosimida FIFA vakili ham ishtirok etdi. Bizning maqsadimiz Afg'onistonda ham futbolni rivojlantirishga ko'mak berish. Bizning loyihamiz dunyoning 22 ta davlatida amalga oshirilmoqda. Kobuldagi akademiyada 250 nafar bola mahalliy va xorijlik murabbiylar rahbarligida mashg'ulotlar olib boradi, degan daniyalik murabbiy Anders Levinson. FIFA vakili Ali Asqariy Lalining aytishicha, shu yilning o'zida Kobul shahrida yana beshta futbol maktabi tashkil etiladi. Yaqin yillarda esa, Qunduz, Balx, Qandahor va Hirot provinciyalarida 12 ta futbol maktabi ochilishi rejalashtirilgan. Bu xabarlar afg'on bolalarining cheksiz quvonchiga sabab bo'ldi. Juda baxtlimiz, endi bizni tajribali murabbiylar shug'ullantirishadi. Kelajakda yaxshi futbolchi bo'lmoqchiman, degan akademiyaga a'zo bo'lgan bolalardan biri. Afg'oniston futbol federatsiyasi vakilining so'zlariga ko'ra, yaqin besh yil ichida mamlakatda futbol bilan professional tarzda shug'ullanayotganlarning soni 20 mingdan oshishi kutilmoqda ekan.