

Dik Advokat Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
69 yoshli mutaxassisga Rud Gullit yordam beradi. Advokat va Gollandiya Qirollik futbol ittifoqi o'rtasidagi bitim JCH-2018 saralash bosqichining oxirigacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Dik Advokat "Fenerbaxche"ning bosh murabbiyi edi. Turk klubi bilan shartnoma yozgacha amalda.



