Adrianu "Malaga" bilan o'yinda jarohat oldi

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013, 11:21
"Barselona" himoyachisi Adrianu Ispaniya chempionati ikkinchi turi doirasidgi "Malaga"ga qarshi o'yinda jarohat oldi va shu sabalim tanaffusda almashtirildi, deya xabar bermoqda Marca.
Braziliyalik futbolchi chap oyoq sonining orqa tomonidan olgan jarohati sabab o'yinni davom ettira olmadi. Bugun u tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va shundan so'ng jarohatning qay darajada jiddiy ekanligi ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Malaga" darvozasiga kiritilgan yagona gol muallifi ham aynan Adrianu bo'ldi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru